“Ustozlar ibrati - qalblar ziynatidir” nomli adabiy-ma’rifiy kecha hamda kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2023-yil 4-may kuni Yakkasaroy tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Atoqli Navoiyshunos olim, professor Botirxon Akramov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Ustozlar ibrati-qalblar ziynatidir” nomli adabiy-ma’rifiy kechada ishtirok etdi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari N. Xoldorova adabiy-ma’rifiy kechani ochib berdi.
Adabiy-ma’rifiy kechani Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti Universiteti professori Bahodir Karim olib bordi.
Xalqaro Bobur mukofoti sohibi Mirzo Kenjabek, Zahiriddin Muhammad Boburning o‘n beshinchi avlodi Zayniddin Mavlonov, adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor Suvon Meli, shoirlardan Yo‘ldosh Eshbek, To‘ra Mirzo, filologiya fanlari nomzodi Elmira Hazratqulovalar ishtirok etib, Botirxon Akramov bilan bog‘liq xotiralar bilan o‘rtoqlashdilar.
Adabiy-ma’rifiy kechada Botirxon Akramovning yaqin do‘stlari, shogirdlari tomonidan tayyorlangan videolavha namoyish etildi.
Tadbirda Cho‘lponning “Tong sirlari” arab imlosiga asoslangan ko‘hna o‘zbek yozuvida nashr etilgan she’rlar to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Botirxon Akramov qizi Guli Akramova Cho‘lponning “Tong sirlari” arab imlosiga asoslangan ko‘hna o‘zbek yozuvida nashr etilgan she’rlar to‘plamining nashr etilgungacha bo‘lgan tarixini tarixi haqida so‘zlab, bugungi adabiy kechada ishtirok etganlarga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.
Yakkasaroy tumani Axborot-kutubxona markazi kitobxonalari foydalanishi uchun kitoblar sovg‘a qilindi.