Professor Botirxon Akramov ijodi" saytining taqdimoti bo'lib o'tdi.

2025 - yil 25 - fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida Navoiyshunos olim, professor Botirxon Akramovning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag'ishlangan "Professor Botirxon Akramov ijodi" saytining taqdimoti bo'lib o'tdi.

TADBIR
25.02.25

Bugun 2025 - yil 25 - fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida Navoiyshunos olim, professor Botirxon Akramovning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag'ishlangan "Professor Botirxon Akramov ijodi" saytining taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotni olimning to'ng'ich qizi, otasining ilmiy faoliyatini halqqa yoyishda keng qamrovli ishlarga jonboshlik qilayotgan Guli Akramova boshli jamoa tashkil etdi. Tadbirni universitetning ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha rektor o'rinbosari Gulnoza Jo‘rayeva olib bordilar. Tadbirda serhimmat olimning shogirdlari, hamkasblari hisoblangan Dotsent Abdumurod Tilavov, Dotsent Olimjon To‘laboev,

Professor Aftondil Erkinov, Professor Baxodir Karim, Professor Nusratilla Jumaxoja kabi olimlar so'zga chiqdilar. Ular olim bilan bo'lgan qimmatli xotiralari, hulosalari va hayotiy bilimlari bilan bo'lishib, talabalarni manfaatli ma'lumot bilan ta'minladilar. 

Taqdimot ko'tarinki ruhda va go'zal kayfiyatda davom etdi. Unda sayt yaratilishida hizmat qilgan filologiya fanlari doktori (PhD) Elmira Hazratqulova saytning tarkibiy tuzilishi va o'ziga xos hususiyatlari haqida talabalarga ma'lumot berib o‘tdilar. Tadbir so'ngida Guli Akramova universitetning tirishqoq va intiluvchan talabalarini olimning ilmiy faoliyanini keng ommaga tanitish yo'lida hamkorlikka chorladilar. Tadbirdan keyin talabalar ustozlar va olimlar bilan esdalik uchun suratga tushib oldilar.

Kelajakda olimning faoliyatini ommaga tanitish yo'lida hizmat qilyotganlarga yuksak zafarlar va omad tilab qolamiz!