Yangi Nashr

“ALISHER NAVOIY ENSIKLOPEDIYASI” nashr etildi


JAMIYAT
24.02.25

“ALISHER NAVOIY ENSIKLOPEDIYASI” nashr etildi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” nashrga tayyorlandi.

Qomusdan navoiyshunoslik masalalari, buyuk shoir asarlarining turli yillardagi nashrlari, ularning xorijiy tillarga tarjimalari, yurtimiz va jahon kutubxonalari xazinalarida saqlanayotgan qo‘lyozma hamda toshbosma kitoblari, shuningdek, rassomlik, haykaltaroshlik, teatr, kino singari san’at turlarida Alisher Navoiy siymosining aks ettirilishiga doir maqolalar, ayrim lirik asarlarining ilmiy tahlillari ham o‘rin olgan.