Navoiy so‘ziga oshufta olim

Botirxon Akram – O‘zbekiston adabiyotshunoslik ilmiy maktabining yetakchi vakillaridan biri. Uning Alisher Navoiy ijodi va merosini chuqur o‘rganib, Navoiy asarlarini keng ommaga yetkazish va adabiy ahamiyatini ochib berishdagi hissasi nihoyatda ulkandir.

Botirxon Akramxo‘ja eshon o‘g‘li

Navoiyshunos olim, professor 1932-yilning 20-noyabrida Farg‘ona vodiysining qadimiy O‘sh shahrida, dehqon-bog‘bon xonadonida tavallud topgan.

1951-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirda universitet)ga o‘qishga kiradi. Oliygohni tugatib, O‘zRFA Til va adabiyot institutida aspiranturada o‘qishini davom ettiradi, 1967-yilda filologiya fanlari doktori, professor Hamid Sulaymon rahbarligida “Navoiy ijodida lirik qahramon muammosi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1990-yilda “Zamonaviy o‘zbek she’riyatida poetik obraz muammosi” (1960–1980-yillar) mavzuida doktorlikni yoqlaydi. Olimning she’riyat, xususan, Navoiy ijodi haqida bir qator ilmiy maqolalari, monografiya va risolalari chop etilgan.

Batafsil

Yangiliklar

Botirxon Akram va uning ilmiy faoliyati bilan bog‘liq eng so‘nggi yangiliklar, tadbirlar, e’lonlar, reportajlar va suhbatlar ushbu bo‘limda e’lon qilinadi. Har bir yangilik sizni Botirxon Akramning ilmiy va adabiy olamiga chuqurroq sayohatga chorlaydi.

TADBIR
25.02.25
2025 - yil 25 - fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida Navoiyshunos olim, pro...
JAMIYAT
24.02.25
“ALISHER NAVOIY ENSIKLOPEDIYASI” nashr etildi
JAMIYAT
15.11.24
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Alisher Navoiyning fransuz tilidagi kitoblari bilan to‘ldirildi. Kitoblar Alisher Navoiyning...

Maqolatlar

Atorudning sirli elchisi – “munhiyi roz yetkurgan nido” – pinhoniy ruhiy sadodan bizga ayon bo‘ladiki, Mir Alisher Navoiy “fasohat mulkining sohibqironi”dir. Bunday qutlug‘u sharif hamda g‘oyat mas’uliyatli ta’rif-faxriya ilk bor shoirning o‘zi tartib bergan “Badoye’ul-bidoya” debochasida qayd etilgan...

Illo, Navoiy shohbaytlari – bir emas, bir necha bor qayta tahqiq va tahlil qilgan bilan ma’no-mohiyati nihoya bilmaydigan samoviy cheksizu teran ruhiy, falsafiy, ma’naviy, badiiy qirralarga ega bo‘lgan mo‘jiz miniatyur olamdir. Hazrat Navoiyning so‘z tartibi va tarhidan rag‘bat olib, terma baytlar sharhini maxsus maqolatlarga ajratishga jur’at etdik.

Debocha

Fasohat mulkining Sohibqironi

Fasohat – she’riy nutq go‘zalligi, uning xos, inja qonun-qoidalari. Shoir – so‘z mulkining zarshunos...

Bu kitob jafokash alloma, ulug‘ millatparvar zot Hamid Sulaymon xotirasiga bag‘ishlanadi.— MuallifFasohat – she’riy nutq go‘zalligi, uning xos, inja qonun-qoidalari. Shoir – so‘z mulkining zarshunos xozini, ulug‘ hakami va podshosi. Atorudning sirli elchisi – «munhiyi roz yetkurgan nido» –...

1-maqolat

Ruhul-Quds “Ravon aylagan” qalam
Nuqta suv yanglig‘ eritur toshni,Topsa haqiqat o‘tilin choshni.

2-maqolat

Ilohiyga munojot-u tazarrular
Xalq mehriga yana, yorab, meni zor aylama.Aylasang ham mehri yo‘qlarga giriftor aylama.

3-maqolat

Tabiat va Samovot timsollari
Kuydi quyosh o‘tig‘a zulmat tuni.Uchti havo uzra nujum uchquni.

4-maqolat

“Zarraning mohiyati...”
Nazar ayla bu korgah vaz’iga...Ki ortar tamoshosida hayratim.

Shohbaytlar tahlili

Alisher Navoiy munojotlari — mohiyat e’tiborila muqaddas “oyati karima”lar bilan mushtarak ma’no va ohangda bo‘lib, uning janr xususiyati ham Kalomi Majid ruhini — xos pafosini eslatib turadi...

“Munojot”larning ilohiy-falsafiy, huquqiy-sha’riy, ahloqiy-ma’naviy jihatlari — maxsus tadqiqotlarni taqozo etuvchi katta va jiddiy mavzulardan.

Shohbaytlar hayrati

“So‘zum martabasi...”
Har kimsaki so‘z demak shiorida durur,Ma’ni guli nutqining bahorida durur...Alisher Navoiy.Alisher N...

Shohbaytlar hayrati

Ikkinchi suhbat
Ma’lumki, jahon poetikasida (chunonchi, ulug‘ olmon shoirlari Gyote va Shiller zamonidan e’tiboran)...

Shohbaytlar hayrati

Ilohiy mir’ot-tajalliyotning “Alisheriy” timsollari
1. "Zuhurot" (tajalliyot) falsafasining mohiyati haqida.2. "Majoz - haqiqat ko‘prigi" hadisi hikmat...

Shohbaytlar hayrati

Ilohiy kalimot timsollari
El ko‘ngliga chun davoKalomulloh erur...Navoiy.Abdurahmon Jomiydek piri murshid (muhiblar hazratni «...

Botirxon Akramning ilmiy merosi

Bu bo‘limda siz Botirxon Akramning ilmiy asarlari va kitoblarining qisqacha elektron nusxalarini topishingiz mumkin. Har bir asarning ro‘parasida, uning mazmuni va ahamiyatini yorituvchi qisqacha sharhlar berilgan. Ushbu ma’lumotlar orqali siz ulug‘ olimning boy ilmiy merosi bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Fasohat mulkining sohibqironi

Ushbu kitob marhum alloma, mumtoz adabiyot donishmandi Botirxon Akramning “Fasohat mulkining sohibqi...

Kitob haqida

Shoirning yorug‘ yulduzi

Atoqli navoiyshunos olim Botirxon Akram buyuk shoirimiz Abdulhamid Cho‘lpon ijodiga o‘zgacha ixlos v...

Kitob haqida

Javobgarmiz bu dunyoga ...

Mazkur kitobda zamonaviy ilmiy-texnika inqilobi adabiyot va san’at, xususan, she’riyatga ko‘rsatgan...

Kitob haqida

Portretga chizgilar

Mazkur asar she’riyatdagi timsol-obrazlar va ularning inson tafakkuri, badiiy ilhom va ruhiyatga ta’...

Kitob haqida

Nurlar timsolini izlab

Ushbu asar Muhammad Alining "Oq Nur" nomli she’riy to‘plami orqali lirik tuyg‘ular, ruhiy kechinmala...

Kitob haqida

Botirxon Akram zamondoshlari xotirasida

Olimning ijodi va faoliyati nafaqat ilmiy jamoatchilik, balki keng kitobxonlar ommasi orasida ham katta e’tibor va hurmatga sazovor. Uning qimmatli ilmiy izlanishlari, teran tahlillari va adabiy merosimizni asrab-avaylashdagi xizmatlari zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan. Ushbu sahifada siz, aziz o‘quvchilar, ijodkorning zamondoshlari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, sharhlar va yuksak ehtiromlarni o‘qib tanishishingiz mumkin.

Xudoyberdi To‘xtaboyev, O‘zbekiston xalq yozuvchisi

Ana shunday odamlarning borligi – millatimizning boyligi, ana shunday odamlarning borligi millatning rivojiga Alloh tomonidan berilayotgan ne’mat hisoblanadi...

Xudoyberdi To‘xtaboyev

Hamidjon Homidiy, filologiya fanlari doktori, professor

Botirxon Akram o‘zaro suhbat, ilmiy bahslarda ham g‘oyatda botamkin, serandisha, odobli edilar... Noziktab olim, jonfido pedagog, yoshlarning beg‘araz mehribon murabbiysi edilar.

Hamidjon Homidiy

Yoqubjon Is’hoqov, filologiya fanlari nomzodi

Botirxon Akram bilan safarlarda birga bo‘ldik, bir oz muddat bir dargohda ishladik. Bu olim o‘z so‘zi va amali bir inson sifatida menda katta taassurot qoldirgan.

Yoqubjon Is’hoqov

Omonulla Madayev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Badiiy ijod bilan shug‘ullanadimi, ilmiy tadqiqot olib boradimi, ma’muriyat tomonidan berilgan topshiriqni bajaradimi hamisha mas’uliyat va aniq hisob-kitob bu inson uchun muqaddas hisoblangan.

Omonulla Madayev