Fasohat mulkining Sohibqironi
Debocha

Bu kitob jafokash alloma, ulug‘ millatparvar zot Hamid Sulaymon xotirasiga bag‘ishlanadi.

— Muallif


Fasohat – she’riy nutq go‘zalligi, uning xos, inja qonun-qoidalari. Shoir – so‘z mulkining zarshunos xozini, ulug‘ hakami va podshosi. Atorudning sirli elchisi – «munhiyi roz yetkurgan nido» – pinhoniy ruhiy sadodan bizga ayon bo‘ladiki, Mir Alisher Navoiy «fasohat mulkining sohibqironi»dir. Bunday qutlug‘u sharif hamda g‘oyat mas’uliyatli ta’rif-faxriya ilk bor shoirning o‘zi tartib bergan «Badoye’ul-bidoya» debochasida qayd etilgan. Ayni zamonda o‘sha muqaddimada Navoiy o‘zini she’r chamanining «malomat bulbuli» deb ataydi, bu dardli kinoya – purma’no majoziy nisbatda buyuk shoir qismatining azal va abadiyat, ijtimoiy hayot va ijodiyot ziddiyatlari bilan nechog‘lik chulg‘ab olinganligi o‘zining favqulodda yorqin, muxtasar ifodasini topgan.  


Mazkur risolaning mundarijasi ham o‘zgacha, origi¬nal. Undan kuzatilgan ezgu muddao – murod hazrat Navoiy baytlarining hali tadqiq qalami urilmagan qariyb fazilatu alomatlarini tadqiq etish – baholi imkon sharhlab berishdir. Ya’ni: Navoiyning tom ma’noda bebaho insoniy va ilohiy lirikasi – rubobiy she’riyati. Turkiy tildagi so‘z dahosining noyob shohbaytlari mazmuni, talqini. Sohir san’atkorning bir-biridan jozib timsoli-obrazlari. Ularning bir-biridan nafisu moʻjiz ma’no qirralari, sirli-g‘aroyib badiiy-mantiqiy, musiqiy-tasviriy jilolari. Maxsus, terma baytlarning mavzu-g‘oyalar miqyosi, ranginligi, falsafiy mohiyati, ruhiy teranliklari, san’at, badiiyat sirlari. Navoiy rubobiy-lirik qahramonining komil va solim dunyosi – insoniy suvrati, ilohiy-samoviy siyrati. Ulug‘ murabbiy, benazir ijodkor shaxsi, uning nurli-safobaxsh jilolanishi – tajalliysi. Shohbaytlarda inson, uning taqdiri, dunyoviy-majoziy va haqiqiy-ilohiy ishq muammolari. Qadimiy ruhiy ildizlarga, ma’naviy an’analarga, so‘z san’atining sarchashmasi – bitmas-tuganmas badiiy manbalarga ijodiy munosabat namunasi. Shohbaytlarda real haqiqat (zamon va «ahli zamon» ifodasi) va buyuk xayolot nisbati. Xalqona-milliy va umumbashariy qadriyatlarning “Alisheriy” (Bobur) uyg‘unligi. Nihoyat, ulug‘ shoir san’atxonasi: «so‘z lavhi»ga chizilgan nafisu nuktadon obraz-timsollar, ruhiyat manzaralari – «so‘z guhari»ning faqat Navoiy qalami inkishof etishga qodir shoirona, musavvirona, mutribona, faylasufona qirralari... Chunonchi, Navoiyning buyuk jafokash va fidoyi qahramoni-oshiq hasratlari quyidagi, zohiran qaraganda, oddiy-tavsifiy ruboiyda butunligi, aniq va yorqinligi bilan o‘z ifodasini topgan: 


Ko‘ngul gulu capv mayli qilmas, netayin,

Sarvu gul ila dame ochilmas, netayin,

Har sho‘x ko‘runsa ko‘zga ilmas netayin,

Bir sho‘xkim ul tilar – topilmas, netayin?'., 


O‘sha xayoldagi go‘zallikning mujassam timsoli – «bir sho‘x» lolaruxni, keng ma’noda, «axloqda malakiy..., bashar suvrati bilan kelgan, atvorda farishta..., inson hay’atida zuhur qilg‘on, kamolotda yakto – ideal yoru habib zotni Navoiy bir umr izlab o‘tdi, «ko‘nglim tilar-topilmas, netayin?»~deya bamisoli falak burjlarida ham sharoru aks-sado bergudek o‘tli ohu fig‘onlar chekdi; foje’ qismati haqida: «...O‘z qotiq holimga o‘lmastin burun motam tutay» deyishgacha borib yetdi... Ayni zamonda bu vali zot o‘zidan el-ulusga yetgan daryo-daryo moddiy, ruhiy, ma’naviy naf-xayriyat, saxovat, ma’rifat ne’matlarini qatracha ko‘rdi va aksincha, ba’zi insof-tavfiqli odamlardan qaytgan zarracha yaxshilikni daryo barobarida qadrladi. Aslida ulug‘ piri murshidi Abdurahmon Jomiyga bag‘ishlangan bu shohbaytni («O‘zidan elga daryo qatra oso, Vale eldin o‘ziga qatra – daryo») Navoiy siymosi, o‘zligi, sajiyasining yorqin timsoli desa bo‘ladi. 

Tavsiya etiladi
So'z guhari
So'z guharining ilohiy sadosi(birinchi suhbat)

БИРИНЧИ СУҲБАТ


"Низомул миллати вадди...

Intiho so‘z
Intiho so‘z

Mir Alisher Navoiyning shohbaytlari. Azal va abadning o‘z...

21-maqolat
“Izining tufrogʻidek...”

Klassik she’riyatimizdagi xokipoylik, xoksorlik, haqirlik...