Navoiy uchun «abadiy mavzu» — muhabbat navolari bamisoli moʻtabar an’anaviy usul, g‘aroyib she’riy mezon, barkamol san’at va badiiyat me’yori; asosiy muddao, dastavval, insonning ruhiy olamiga, «husnu jamolda dilpazir, fazlu kamolda benazir» suvratiyu siyrati — go‘zal ma’naviyatiga munosib so‘z aytish, uning butun, komil va solim timsol-obrazini yaratishdir. Ulug‘ san’atkor nazdida oshiqning insoniy xislatlari sirasida Poklik timsoli ham ruhiyat, ma’naviyatga, ham zakovat — fikratga xos, shuningdek, xushta’blik, nazokat va nafosat tuyg‘usining so‘z fasohatiga ko‘chgan safobaxshlik, ayni chog‘da kamoli mas’uliyat bilan tilga olishga arzigulik xislat — insoniylik alomatlaridan biridir. Mana Navoiyning lirik devonlari va dostonlari uchun mushtarak g‘oya — shaffof xayollar ifodalangan bir shohbayt:
Oshiq ani bilki, erur dardnok,
Ham tilu ham ko‘ziyu ham ko‘ngli pok.
Beixtiyor ravishda Farhodning portret chizgilari mujassami bo‘lgan ko‘pqirrali lirik timsol-obraz yodga tushadi: «Demonkim ko‘ngli poku ham ko‘zi pok, Tili poku so‘zi poku o‘zi pok». Avvalo, badiiy-mantiqiy izchillik taqozosiga ko‘ra, ushshoq ahli uchun nafaqat hayot, umrga teng, balki undan ziyod — ilohiy ma’no kasb etuvchi «dardnok» tashbehi, uning baytda tutgan o‘rni, «pok» nisbati haqida. Birinchi qarashda dard, dardli va pok, poklik tushunchalari o‘rtasida qandaydir uzilish, o‘zaro nomutanosib yo izohtalab bir holat mavjudday tuyulishi mumkin. Aslida, bayt zamirida joylashgan insoniy tuyg‘ular olamiga yana-da tiyrak va teranroq razm solib ko‘rsak, shoir tashbehlari muhabbatdek sirli xilqat, ulug‘ qismat bilan bog‘liq ruhiy holatlar, o‘z ziddiyatlari bilan jozib oshiq dunyosi haqidagi tasavvurimizni boyitsa ne ajab: faqat «dardnok» ko‘ngul alam-iztiroblar o‘tida poklanishi mumkin; faqat ishq dardi nimaligini yurakdan his qilgan, kechirgan odam olamga pok, botiniy nazar solishi mumkin; faqat shunday iymon-e’tiqod bilan seva bilgan kishining tili uning dilini—o‘zligini ayon va ravon ifodalashga qodir bo‘lishi mumkin. Bas, ko‘ngil pokligi — muhabbat tuyg‘ularining mutlaq samimiyligi, haqkoniyligi, xar qanday xudbin-mahdud mayllardan forig‘ — musaffoligi, ruh sog‘lomligi (Navoiy ta’biricha, «solim»ligi), qalb saxovati ifodasi, nihoyat, ikki kishi — faqat oshiq va uning mahbubi uchun mahram, o‘zgalar uchun noma’lum, sirli kechinmalar, holatlar, xayollar, xotiralarining xos maskani demakdir («Kimki ishqi pok erur, sirri aning pinhon kerak...»).
Bugina emas. Nafaqat so‘fiyona — qalandarona she’riyatda, balki oshiqona, orifona g‘azallarda, ruboiylarda (chunonchi, Navoiy va Boburda) ham ko‘ngul yolg‘iz bir kishining, ya’ni oshiq, shoir yo orif o‘zligining hamrozlik go‘shasi uzlatgohiga aylanishi mumkin... Ko‘z pokligi — ko‘ngul bilan ruhning holatini aniq, tiniq va teran ifodalash ramzi; oshiq nigohining nafaqat shayton firibi, vasvasasidan, balki har qanday yengil-beqaror mayl-istaklardan xoli, nafosat va sadoqat tuyg‘usining xos, moʻjizakor uyg‘unligi timsoli («O‘zgalar husnin tamosho aylasa chiqsin ko‘zum...»), nihoyat, sof nigohda dunyoviy suvratning ilohiy siyrat—mohiyat kasb etishi — majoziiig haqiqatga aylanishi, ya’ni Navoiy kabi valiysifat zotlarniig muborak nazari — qalb nigohi ramzini ifodalashi mumkin («Kim nazar pok aylagach, ayni haqiqatdur majoz...»). Til pokligi — inson — lisoni — nutqining ezgu, oliyjanob niyat, komil, nuktadon fikrlar, shoirona lutf — fasohatli so‘z bilan ziynatlangan, yolg‘on, riyo va qalloblikning turfa ko‘rinishlaridan xoli bo‘lgai, to‘g‘ri, mantiqli, tamizli va pardali-hayoli xususiyatlaridan dalolat beradi; qolaversa, bu — oshiq suxandonligi — «arzi va niyozi»ni izhor etish vositasi, uning o‘tli-haroratli, dardli va sururli alomatlarini o‘zida mujassamlantirgan muhabbat tili, vafo shevasi... Nihoyat, til pokligi ulug‘ shoirning devonlarida, dostonlarida, risolalarida muqaddas so‘z — «kalomi sharif» darajasida talqin qilinadi, goh «ko‘ngul hadisi», goho «Masih nafasi» tarzida ta’riflanadi. Bu oshiqlar kalomi orqali she’riyat tiliga yuksak qimmat berish namunasidir...
Uch yog‘iy bor: nafs, hasad, riyo – etar zoyeʼ umringdan ogoh…
Uch ofat...
Bu jon senga bo‘lsin fido! – degum toki umrim ado,
So‘zim bo‘lsa yolg‘o...
O‘z vujudinga tafakkur aylagil, Har ne istarsan – o‘zingdin istagil....