Islomning Xuroson mulkidagi ahkomu arkonlaridan biri bo‘lmish Navoiy nafaqat zuhdu tahvoni ifsho (fosh) qilish bilan cheklanadi, balki ulug‘ san’atkor sifatida shariat va tariqatning barcha musulmonlar uchun farz hisoblangan (ibodat, ro‘za, zakot singari) asoslaridan badiiy tashbeh, ramz sifatida ijodiy istifoda etadi. Ular ba’zan kinoyali ohang kasb etishi, hatto ishtibohli, isyonkorona tus olishi mumkin («Qilibmen oncha isyonkim, agar do‘zax aro kirsam...» satri bilan boshlanadigan qit’a yoki: «Ne kelmak ayon bo‘ldi, ne ketmagim...» kabi misralardan tartib topgan tarje’band va h.), lekin Navoiy islom istilohlarini qachon, qanday zarurat, extiyoj bilan ishlatmasin, go‘yo uni tanqid qilish, nimanidir fosh etish niyatidan uzoq. Aksincha, xoh o‘zining ishqiy idyealini, xoh umumbashariy, ijti-moiy, falsafiy qarashlarnni asoslash, tasdiqlash uchun eng mumtoz va muborak nisbat—muqoyasa sifatida Qur’on, Hadis so‘zligiga murojaat qiladi (masalan, mahbuba timsoli yo umuminsoniy orzu-xayollar muqaddas tushunchalardan go‘yo yuqori ko‘yilgan taqdirda, bunda ham she’riy mantiq bilan ziddiyat yo‘q: so‘z san’ati ramzu majozlarsiz, mubolag‘aning favqulodda ko‘rinishlari — ig‘roq va ifrotlarsiz yashamaydi, qolaversa, har qanday istioraviy, mubolag‘ali tashbeh, yuqorida qayd etilganiday, eng kuchli asos — ruhiy-samoviy tamsillarga suyanadi). Bayt:
Roqi’ erdim, chang u ni keldi sahargoh, ohkim,
Bordi mutrib nag‘masiga hosili avrodning.
Gʻoyatda hayotsevar musulmon, san’atni, musiqani ortiq qadr-laydigan sohir shoir, ulug‘ mutafakkir o‘z qahramonining bomdod namozi nihoyasida duoga qo‘l ochgan asnodagi ruhiy holatini chizadi: san’atkor changchi sozidan ilk subhidam («sahargoh») atrofga taralgan sehrli kuy sadolari uni ixtiyor-beixtiyor larzaga soladi (naqadar sharqona-milliy, hayotiy, jozib manzara: boshqa birov xuddi shu xayrli, shaffof tongotar chog‘ida nay navosidan qattiq to‘lqinlanishi mumkin; naychi — oshiq san’atkorning o‘zi-chi? Uning pinhoniy dardini kim anglaydi?)... Yo‘q, musiqa shaydosining ibodatiga xalal yetmadi, duosi buzilmadi, bil’aks, qilingan tilovotu munojot—duolarining hosili — savobi o‘sha mutribga, uning nag‘masi haqiga baxshida etilganidan hayajonda. «Ohkim» so‘zida qilingan ibodat, duolar hosili uchun o‘kinish emas, musiqa sehridan, hayotning musiqa timsolidagi go‘zalligidan, jozibasidan shavqu hayrat tuyg‘ulari zuhur etadi. Zotan, sohir mutrib changidan taralgan navolarning sahargohda odamlarga ruhiy oziq, madad berishi, kimnidir g‘aflat uyqusidan uyg‘otishi, kimnidir g‘am-anduh, hajr bedorligidan, yana kimnidir boshqa dardu qiynoqdan, mayli, bir necha lahza xalos etishi, kimningdir ko‘nglida umid chirog‘ini yoqishi — bu ham o‘ziga xos ibodat — bosavob, xayrbod hol emasmi? Navoiy o‘zining dil-dildan shoiru san’atkor qahramoni tilidan islomning ibodat jarayoniga oid qutlug‘ kalomlari («roqi’», «avrod»)dan moʻtabar she’riy nisbat sifatida foydalanib, insonning badiiy tafakkurini «tengri ehsoni» darajasida ulug‘lovchi g‘aroyib lirik lavha yaratadi...
Uch yog‘iy bor: nafs, hasad, riyo – etar zoyeʼ umringdan ogoh…
Uch ofat...
Bu jon senga bo‘lsin fido! – degum toki umrim ado,
So‘zim bo‘lsa yolg‘o...
O‘z vujudinga tafakkur aylagil, Har ne istarsan – o‘zingdin istagil....