Insonning ko‘zi — nafaqat tashqi muhit, uning narsa-hodi-salarini, moddiy dunyoning turfa anosir va alomatlarini tuyish, mushohada etish, idrok qilishning tabiiy va ayni chog‘da moʻjizakor, g‘aroyib vositasi. Shu bilan barobar, inson ko‘zlaridan uning ruhiy olamini — quvonchlari, dard-armonlari, romantik yo dramatik o‘ylari, kechinmalarini — nigohga ko‘chgan moddiy va ma’naviy dunyoni bir qadar sezib, o‘qib olsa bo‘ladi. San’atda, she’riyatda-chi? Ayniqsa, realistik tasviriy san’atning portret janrida—rang, nur, soya jilolari vositasida inson ko‘zlari orqali uning murakkab ruhiy-psixologik holatini jonli ifodalash mumkin. Navoiy bu vazifani she’riy san’at qonunlari asosida, sohir so‘z san’atkori sifatida hayratida hayratbaxsh lirik miniatyur obrazlar, timsollar, istioralar ustiga yuklaydi:
To xayoling ko‘zdadur, ko‘z uyi go‘yo Ka’badur,
Kim turub atrofidin kipriklarim aylar namoz.
Ulug‘ shoirning komil, fozil qahramoni — oshiq o‘zining ishqiy e’tiqodini din-imon maqomida ko‘radi: xayoliy olislikdagi mahbubini ko‘zida, aniqrog‘i, «ko‘z uyi»da jonlantirib, bundan ruhiy mamnuniyat hosil qilar ekan, bu g‘aroyib maskanni musulmon dunyosining bosh ehromi — Ka’ba darajasidagi sajdagoh deb tasavvur kiladi. Mahdud ateistik talqin bo‘yicha ayol zoti paydo bo‘lgan joyni muqaddas deb bilish go‘yo dinga g‘orat keltirishi, mahbuba ham, oshiq ham «nomusulmon»ga aylanishi kerak. Holbuki, Navoiy talqinida mahbuba tashrif etgan maskan-musulmonlar uchun eng muqaddas va moʻtabar dargoh bo‘lmish Ka’ba qutlug‘ kalomlar qatorida she’riy muqoyasa qilib olini-shi faqat tahsinga loyiq bir holdir: bu bilan xayoldagi go‘zal siymosi qanchalik ulug‘lansa, o‘sha muborak istilohga ham shunchalik sharifu fasih ma’no, munosib qimmat beriladi. Mahbuba timsoli joylangan ko‘z qorachig‘i badiiy mantiq taqozosi bilan uyga, bu moʻjizali minnatyur uy Ka’baga (talmeh va silsilali tashbeh san’ati) nisbat berilishi qanchalik nuktadon bo‘lsa, hayrat ichidagi oshiq kipriklarining bezovta holati (bu ko‘nguldagi larzalar ifodasi!) namozga saf rostlagan musulmonlarning bir tartib-maromdagi harakatiga tamsil etilishi shunchalik haqqoniy va nafisdir.
Uch yog‘iy bor: nafs, hasad, riyo – etar zoyeʼ umringdan ogoh…
Uch ofat...
Bu jon senga bo‘lsin fido! – degum toki umrim ado,
So‘zim bo‘lsa yolg‘o...
O‘z vujudinga tafakkur aylagil, Har ne istarsan – o‘zingdin istagil....