Moddiy borliq – "vujud koshonasi, badan mulki shahristoni" din g‘ayb olamiga, ayon nazargohdan ko‘zdan pinhon xilqatga... Bunday ilohiy robita zamirida "majoz – haqiqat" falsafasi ("Majoz haqiqat kuprigi" – "Al-majozu qantaratul haqiqat", Navoiy. "Xamsat ul-mutahayyirin") zuhur etadi. Bu falsafiy taʼlimotga Navoiy muxtasar qilib, shunday sharh bergan: “Gar sen idrok aylasang, ayni haqiqatdur majoz”. Mavzu qanchalik murakkab bo‘lmasin, uning qudsiy-ilohiy joziba siri shundaki, boqiy haqiqatlar – mutloq Ruhiyatga daxldor. "G‘ayb olami", ne ajabki, "barchadin sharif" insonning asli muvaqqat yaratilgan hayoti, umr qismat yo‘li uchun ham begona emasligi, odam nasliga umr vafo qilmas ekan, u o‘zidan biror yaxshi ot, qutlug‘ xotirot qoldirmog‘i uchun, avvalo, bu foniy dunyo – shunchalar ranginu jozibador xilqatni ham, so‘ngra, ko‘zdan yashirin g‘aroyibotu mo‘jizot ola-mini ham – "barcha"sini bilmog‘i lozim, degan muqaddas aqida ajabtovur g‘ayrishuuriy timsollarda o‘z ifodasini topadi:
...Keturdilar hakimi nuktadoni,
Bilik birla jahon ichra jahoni...
Qilib tunni yorug‘, kunni qorong‘u,
Suvda o‘t yondirub, o‘tdan sepib suv –
G‘aroyib ko‘p xuvaydo bo‘lg‘usidur,
Base, anda shakl paydo bulg‘usidur:
Ko‘runub har zamoni ko‘zga bir shakl,
Ko‘z olg‘och, bo‘lg‘usidur o‘zga bir shakl.
Chu bo‘ldi jilvagar ashkol yuz navʼ,
Anga ham bo‘lg‘usi timsol yuz navʼ...
("Farhod va Shirin "dan)
Dostonda fazlu kamol ichra solimu raso, tafakkur bobida nodiri davron, Navoiy yaratgan qahramonlarning mumtozu komroni – Farhodning zakovatini o‘ziga sig‘dirgan, hatto XIX-XX asrlar ilmu fani (hunaru texnikasi), kashfiyotlari (fotografiya, rentgen, avtomexanizmlar, kino, televideniye, videotexnika, jumladan, kompyuter...) bilan, albatta, ijodiy-xayoliy izlanishlar, ilmiy farazlar orqali, botiniy robitalar-la bog‘langan favqulodda jurʼatkor fikr-g‘oyalar "Xamsa"ning boshqa dostonlarida, chunon-chi, "Sabʼai sayyor" va "Saddi Iskandariy"da rivojlantirilganini kuzatib, hayratimiz ortadi.
...Ki, ani falak mehrin debon,
Vale, xalq "oyinai Chin" debon...
Hakimiki oni tilsim aylabon,
Namoyish anga iki qism aylabon,
Bu daʼvoda emas guvoh ehtiyoj,
Erur ko‘zgu sari nigoh ehtiyoj:
Agar so‘zi chindur – ko‘rinur yuzi,
Ko‘rinmas yuzi – bo‘lsa yolg‘on so‘zi...
("Sabʼai sayyor"dan)
Yana bir ajoyib tamsil-bayt. "Favoyid ul-kibar" devonida "oq-qaro" muqobil nisbatlaridan hosil qilingan, lirik qahramon – orif insonning favqulodda dramatik holati tajalli etgan falsafiy-lirik lavhada... avvalo, fotografiya va rentgenga aloqador, so‘ngra, kinoda, televideniyeda, videotexnika vositalarida ham ko‘llanadigan... negativ tasvir (oq-qora grafik surat) ko‘rinishlarini eslatuvchi, chindan-da g‘aroyib manzaraning guvohi bo‘lamiz.
Nega tarking etmay, ey charx, ki shomu axtaringdin –
Qarodur yuzung va lekin oq erur yuzungda xoling...
Ne ajabki, boshda "Xamsa"dan olingan, ilmiy-ijodiy farazlar samari — "namudori" (ko‘rinishlari) bo‘lgan g‘aroyib lavhalar, Navoiy taxayyulining hayratomuz suvratlari kitobxonni xushnud etib, uni orzular qanotida entiktirib, ruhiga huzur, farah, bag‘ishlagani holda, keyingi lirik bayt, aksincha, uning ko‘ngliga larzakor g‘ulg‘ula, tahlika soladi...
Uch yog‘iy bor: nafs, hasad, riyo – etar zoyeʼ umringdan ogoh…
Uch ofat...
Bu jon senga bo‘lsin fido! – degum toki umrim ado,
So‘zim bo‘lsa yolg‘o...
O‘z vujudinga tafakkur aylagil, Har ne istarsan – o‘zingdin istagil....