To‘rtinchi suhbat
Shohbaytlar hayrati

Mantiqiy tafakkurdan – intuitiv-hissiy idrok, ko‘ngil mulki, botiniy xilqat, yaʼni ruhiyat jarayonlariga...

Faqat inson qalbiga doxil, miqyos-masshtabi had-hudud bilmas, mohiyatda "ikki jahon" aro Ruhiyat olami mavjuddirki, alal-oqibat bu mutloq haqiqat saltanati (Alloh mulki) bilan bevosita – ruhan va bilvosita – majozan bog‘langan, aniq-ayon nazargohdan tashqari xilqatdir.

"Hayrat ul-abror" dostonining "Ko‘ngul taʼrifida" hamda uch hayrat boblarida, jumladan, ko‘ngil mulki shunday tavsiflanadi:


Buni ko‘ngul dersen, erur bu – yurak,

Ism ko‘ngul birla anga mushtarak.


Solik ani Arshi Muallo dedi,

So‘fiy ani olami Kubro dedi...


Kaʼbaki, olamning o‘lub qiblasi,

Qadri yo‘q andog‘ki, ko‘ngul kaʼbasi –


Kim bu – xaloyiqqa erur sajdagoh,

Ul biri Xoliqqa erur jilvagoh...

("Hayratul-abror "dan).


(Dostonning "Uchinchi hayrat" bobida ko‘ngul hissiy olam – "besh havos" (sezgi) bir-bir taʼriflab o‘tiladi:


Basira-u samiʼa-u lamisa,

Zaiqa-u shamʼia-la xamisa –


Har biri bir ravzada topib mahal,

Har biriga o‘z fanida yo‘q badal...


Fath, o‘lub mulk ila kishvar anga,

Balki jahon mulki musaxxar anga –


Mulk o‘zi-yu, taxt o‘zi-yu, shoh o‘zi,

Borcha – O‘zi, barchadin ogoh O‘zi...


Sir emaski, "ikki jahon" haqiqatini: foniy dunyoning turfa ajoyiboti, boqiy dunyo mo‘jizoti, sir-asrorini dildan his qiluvchi tariqat jamoasi: ahli xol, ahli dil, ahli sidq, ahdi safo, ahli dark, xullasi, solik, sufiy, mutasavvif (piri murshid) zotlar, so‘ngra, ilmi balog‘a va fasoxat olami – badiiy ijodning turli soha, tarmoqlariga mansub sohibi tabʼning har biri ko‘ngil mulkining sultonidirki, ularning murodu aʼmoli, dardi va shav-qining ifodasi – timsollarda, ramzu majozlarda o‘sha botiniy saltanat (ko‘ngul) tajalli etib turadi...

Tavsiya etiladi
Shohbaytlar hayrati
Ko‘ngil kaʼbasi

Uch yog‘iy bor: nafs, hasad, riyo – etar zoyeʼ umringdan ogoh…

Uch ofat...

Shohbaytlar hayrati
To‘ymadim, yo‘q, to‘ymasman!

Bu jon senga bo‘lsin fido! – degum toki umrim ado,

So‘zim bo‘lsa yolg‘o...

Shohbaytlar hayrati
To‘zimsiz iztirob

O‘z vujudinga tafakkur aylagil, Har ne istarsan – o‘zingdin istagil....