– Inim, aybga buyurmasangiz, sizga bir savolim bor, aytsam. Kamina xayolchan nigohingizdan Ilhom nurini o‘qidim!..
(Peduniversitet bekatida nafas rostlab o‘tirgan ulug‘sifat, ziyoli siyrat boboning dil so‘zidan)
1. O, Siz – mutabarrak zot, avvali, iymon haqqi,
Shu g‘oyib diydorlashuv – "Tengridin ehson" haqqi,
Muborak ro‘zi nasib-chun, dil-dildan tashakkurim,
Baxshida bo‘lsin Sizga – bu nazmiy shavq-sururim!
Siz yanglig‘ farishtali "ahli ma’ni"ga ehtirom,
(To iymoni komillar ibrati bo‘lg‘ay bardavom!)
O‘zingiz lutf aylagan Ilhom nuridan najot,
Shoyad, keltirsa naf’ har solim, halol – pok zot!..
2. Shoirona so‘z aytdingiz dilxoh tavoze’ bila,
Misli ko‘nglim ovladingiz Somiriy ikki jodu bila...
Ta’zim-la javob qildim: "Bosh ustiga!" – beixtiyor,
Yaxshi so‘zning gadosi – men, edim xud baxtiyor...
Ne hasratki, dildan suhbat... bizni tark etib borar
(Eh, g‘ayri tamoyillar bir-biridan o‘tib borar!..)
Sizki, pok niyat ila mudom ko‘rsatib sabot,
Ne chog‘liq jon ko‘ydirmang, o‘z yo‘lidan qolmas hayot!..
3. Darvoqe, savolingiz... Chuqur o‘y-andesha bilan
(Zamona talabi bu... Kengfe’l pesha bilan)
Yondoshmoq odobini purdon "savod etasiz".
Voajab! Siz, "Alisheriy" savol irshod etasiz:
"Bundayin sirri nihonni... menga ham ifsho qilmang –
To do‘st-dushman ko‘zida boz bilmay, xato qilmang!"
Bul ogohoso naqldan go‘yo bo‘lib xiradmand,
Shukrullohi lutf aytdim: "Doim bo‘ling arjumand!"
4. "Alisheriy" javobimdan hayrat, rizo mushtarak:
"Balli!.. Men – yanglishmabman!" (Ortiq baho na kerak?)
Eh, murakkab mavzuda ham... saqlansa shu taomil,
Zotan, dono ajdod suhbati: "majlisi komil"
Qaniydi – pokrav musohib, sohibi zurafo qavm,
Arjumani purma’no, purandisha – fuzalo qavm,
Koshki, xoh – keng, xoh – tor; davra yo jufti anis suhbat
Xudkom iddaolardan forig‘ bo‘lsaydi faqat!..
5. Siz, ey "nuri Ilhom", "Ishq oyati" yanglig‘ mo‘jiz,
Siz-chi, «kavkabi iqbol" olisdan jazb etasiz.
6. Kimki, sizdan bahravar, hech shubhasiz, bearmon!
Ne hasrat, kim bebahra – buning azobi yomon...
(Eng yomoni: riyo, tuhmat – kechirib bulmas gunoh,
Misli xunrezlikni avf etmaganiday Alloh!...
Hey, ilhomni e’zozlagan xolis xayrixoh bobo,
Siz – men uchun dahonamo zotlardan fuzun-a’lo!
7. Shu nur bois, balkim komron ahlida hayrat
(Shundan: tole’ yor juftlik, zot javhari: muhabbat)
Shu nurdan quvvat olgan olim fikrida... ravnaq,
San’atkor izlanar tun-kun, shoir "isyoni" – chin, haq!
Shu nur borki, keksalik... qaddi raso, sarfaroz,
Murg‘ak xayolotda ham balanddan – baland parvoz!..
Bas, dardu o‘tu rag‘batsiz bitgaymu "toza gul"lar,
Bergaymu chamanga oro xushilxon bulbullar?!
8. Hamono, "nuri ilhom", bu – ilohiy nur demak
(Har mo‘jiz hol tahqiq-chun qalb idroki kerak!)
Ha, bu – ko‘ngil idroki... Mohiyatan – qudsiy tuyg‘u
Zotan, tole’ yulduzini kim ham qilmaydi orzu?..
Ilhom nuri-la munavvar har musallam iste’dod –
O, asray olsaydi uni yillar... balkim, umrbod!
Ilhom va qalb hamsozligi, bu – bobomeros murod,
Toki, ular "yakqalam" – olam mushkili kushod!
9. Bu ruhoniy qudratdan "aqli kull" ham hayron – lol:
"Qalb idroki" – havos bir hol, ilhom nuri – g‘oyib fol...
Biri – "ko‘ngil mulki", iymon ixtiyorida,
Biri – "Atorud"dan, "qilki Sun’" qarorida!
Har ikki qutbda sinoat: o‘z mehvari, burji bor;
So‘zu Ovoz, Rangu Ohang – o‘z dunyosi, durji bor!..
Bu ruhiy ummonlar... "ikki jahon" tasarrufida,
("Jonlar senga bo‘lsin fido!" – boqiy nido ruhida!)
Uch yog‘iy bor: nafs, hasad, riyo – etar zoyeʼ umringdan ogoh…
Uch ofat...
Bu jon senga bo‘lsin fido! – degum toki umrim ado,
So‘zim bo‘lsa yolg‘o...
O‘z vujudinga tafakkur aylagil, Har ne istarsan – o‘zingdin istagil....