Tavbai Komil
Shohbaytlar hayrati

Odam bo‘ldimmi menam?..

Mirtemir


1. Saharlar qilgan tazarru yoshi – giryonim,

Bevosh-bebok yillar yodi... o‘rtar vijdonim,

Nadomatlar domidagi ikki jahonim,

So‘nggi nafas birla borar dinu iymonim,

Boru budum – Ruhi sharifingiz fidosi,

Vo hasrato! O‘kinchlarim yo‘q intihosi,

Qayda umr barakoti, fayzu safosi –

Bo‘lmasa Haq mahfirati, Ona rizosi?!...


2. Alloh ijobat aylamish qutlug‘ royingiz –

Dargohida qabul etib iltijoyingiz:

Ona, umid yulduzingiz, quyosh, oyingiz,

Orzu bog‘i, xayol qasri – “oq saroy”ingiz...

Yeru ko‘kka ishonmagan yolg‘iz bolangiz,

Ovorai jahoningiz, shaydo – volangiz,

“Kamolingni ko‘rsam!..” degan nido – nolangiz,

“Yodgorim sen!..” Unsiz vido – dil havolangiz...


3. Ko‘nglim lavhida bitilmish xud og‘riq so‘z: “armon”,

Yo‘q, armonmas, bir umrlik to‘zimsiz fig‘on:

Nasib etmadi, vodarig‘, na joningizga oro,

Na ko‘nglizga orom, dardlaringizga shifo!..

Na shafqatli kelin, na qudalar sururi,

“Yolg‘iz o‘g‘il” shukronasi, jujuqlar g‘ururi!..

Mehmonnavoz muloqotu manzirat farog‘ati,

Ro‘shnolik duolari, keksalik ibodati...


4. Shukr, o‘sha tilab olgan ahadingizman,

Ibtidodan to intiho... adadingizma,

Foniy dunyo safarida sarhadingizman,

Navmid o‘tmaslikka imdod-madadingizman...

Ona, balkim, dilshikastalar qismati shudir:

Siz tilagan orzu o‘g‘li... “haqir ul-faqir”.

(Ne ajab, dil yig‘lar xun-xun, jilmayar zohir).

Sizsiz nokom bu makonda men ham musofir!..


6. Ona, hanuz qulog‘imda mungli nido – un...

Faqat, ayting: tushlarimga kirmaysiz nechun?!..

Taskin berarlar aqrabo: “Oromda ruhlar...

Ruhi poklar to Mahshargox tinchgina uxlar”

Zahmatkash ajdoddan meros – luqmai xalol,

Garchand zamon boshqa, Haqdan – nomai ahmol...

So‘nggi imkon qadar olgum bar to uyg‘oq iymon,

Ruhlar tinchi – rizoligi muborak armon!...

Tavsiya etiladi
Shohbaytlar hayrati
Ko‘ngil kaʼbasi

Uch yog‘iy bor: nafs, hasad, riyo – etar zoyeʼ umringdan ogoh…

Uch ofat...

Shohbaytlar hayrati
To‘ymadim, yo‘q, to‘ymasman!

Bu jon senga bo‘lsin fido! – degum toki umrim ado,

So‘zim bo‘lsa yolg‘o...

Shohbaytlar hayrati
To‘zimsiz iztirob

O‘z vujudinga tafakkur aylagil, Har ne istarsan – o‘zingdin istagil....