Tamanno (Tamanno-yu o‘tinchlarim)
Shohbaytlar hayrati

Base issiq, sovuq ko‘rdim zamonda Base achchiq, chuchuk tottim jahonda…

Alisher Navoiy


Menga umr imorati omonat – Sizsiz,

Bog‘i bihisht, qasri oliy na hojat – Sizsiz?

Sizsiz – qaydan mehmonnavoz dargohda fayz,

Zarif, zakiy suxanparvar lutfida tamiz?..

Sizsiz – ko‘zlarimni tark etgusi hayrat,

So‘zlarimda zavq-shavqdan, darddan jozib holat!..

Band etolmas, «bog‘i jahonoro»lar – Sizsiz,

Tong qushlari «soz aylagan navo»lar – Sizsiz…


Siz hur fikr volidayin umid yulduzi,

(Mudom qulog‘imda tahsin «onaning o‘zi!»)

Alloh taqdir etmish qator aza, qator to‘y,

Qancha yaxshi-yomon kunlar, bori tashvish-uy…

Sen, ey Hayot! Muncha shirin ro‘shnoliklaring?!

Vodarig‘o! Muncha achchiq judoliklaring?!

Ayta bersam – uzoq doston, so‘ngsiz hikoyat,

Ravomidi Sizsiz menga bu sinov-qismat?!


Esimda: laylatulqadrday o‘tib uzun tun,

Nogoh kelib edi sahar g‘oyibdan bir un –

Ruhafzo bir mujda – jonu dilimga darmon,

Yurak tanish odimlarni sasidan sezar.

(Ne tong, bolani shoshtirar doim xushxabar)

Va Siz kirib kelardingiz!.. Mo‘jiz bir holat:

Guyo farishtaga to‘lar edi olti jihat!

Munir estaliklar. Mehru vafo – adosiz,

Shu emasmi «umri aziz?» Damlar – bahosiz…

Xay, taqdirdosh, bir o‘tinchim: bering ixtiyor –

Riyozatga intiq fikrat topmasin ozor!

Mayli, safhalarda tinsin ko‘zim charchoqdan,

«Aql boshi aylansin» goh, iloj topmoqdan.

Iymon – ilhom hamsozligi bo‘lsin bardavom!

Tirik ekan, jafokashga tilamang orom!


Boz o‘tinchim: zinhor ro‘yxush bermang gumonga,

(Shubha – gumon nasli shayton, g‘orat iymonga!)

Tilim bormas dil niyozim – arzlarim bor,

Siz anglagan, anglamagan… ojizliklarim.

Haq mag‘rifat aylaguvsi noqisliklarim!

Bas, g‘animat umr, emdi shukrona faqat,

Magar najot shu: «tavbai komil» ibodat!

Tavsiya etiladi
Shohbaytlar hayrati
Ko‘ngil kaʼbasi

Uch yog‘iy bor: nafs, hasad, riyo – etar zoyeʼ umringdan ogoh…

Uch ofat...

Shohbaytlar hayrati
To‘ymadim, yo‘q, to‘ymasman!

Bu jon senga bo‘lsin fido! – degum toki umrim ado,

So‘zim bo‘lsa yolg‘o...

Shohbaytlar hayrati
To‘zimsiz iztirob

O‘z vujudinga tafakkur aylagil, Har ne istarsan – o‘zingdin istagil....