“Mahallang – ota-onang” deganlaridek, biz istiqomat qilayotgan “Bo‘ston” mahallasida ham o‘zaro mehr-muruvvatli, bir-biriga oqibatli bo‘lgan ajoyib insonlar istiqomat qilishadi. Domla Botirxon aka ana shunday insonlardan biri edilar.
“Do‘stlik yosh tanlamaydi”, – degan ekan dono xalkimiz. Oramizdagi farq o‘n yosh bo‘lsa-da, biz do‘stlashib olgan edik. “Kamtarga kamol” iborasi ularning hayotiy shiori edi. Yosh-u qariga barobar hurmat-izzat bilan muomalada bo‘lar edilar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u kishining yor-u birodarlari va do‘stlari bisyor edi.
Mahallamizda o‘tadigan tadbir va bayramlarda Botirxon domla Navoiy, Fuzuliy, Bobur Mirzo she’rlaridan o‘qib, sharhlab, mag‘zini chaqib berardilar. Biz maroq bilan tinglar edik. Botirxon aka ishtirokidagi bunday tadbirlar fayzli o‘tar edi.
Botirxon akani mumtoz adabiyotimiz, ayniqsa, Navoiy she’riyatining bilimdoni deb tanir edik va biz qo‘shni – do‘stlari bu sifatlariga qoyil qolar edik.
Mumtoz adabiyotimizdagi ayrim so‘zlarning izohini hech erinmay tushuntirib berar edilar. Shu o‘rinda ulug‘ shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy hazratlarining quyidagi misralarini keltirish joiz deb o‘ylayman.
Bu gulshan ichra yo‘qtur baho guliga sabot,
Ajib saodat erur qolsa yaxshilik bila ot.
Chindan ham bizning ajoyib do‘stimiz, akamiz, ustozimiz – filologiya fanlari doktori, professor Botirxon aka Akramov minglab shogirdlarga ustozlik qilganlar.
U kishining yorqin xotirasi mahalladosh do‘stlari qalbida al-laqachon m-uhrlanib bo‘lgan va u aslo o‘chmaydi.