Ustoz
Dilbar Valiyeva, o‘qituvchi

Men Akramovlar oilasini salkam 30-yildan buyon bilaman. 196-maktabga rahbar etib tayinlangan edim. Ishga tushgan birin-chi kunimdan boshlab men Akramova Mohira opa ismli o‘qi-tuvchiga nazarim tushdi. Mohira opa boshka ustozlardan g‘ayra-ti, mehnatsevarligi, shirinso‘zligi bilan ajralib turishini darrov sezdim. Rahbar sifatida men bu o‘qituvchini maktabda olib borayotgan ishini kuzatar ekanman, shunday insonlar ichida ishlayotganimdan juda-juda faxrlanar edim. Sekin-asta men xodimlarim oilalari bilan tanisha boshladim.

Mohira opaning chakkonligi, uyda ham, maktabda ham chinakam mohirligini kurib, men hayratga tushar edim. Ayol kishining davlat ishida, el-yurt xizmatida xotirjam mehnat qilishi uchun uydagi shart-sharoitning ahamiyati juda muhimdir. Xuddi shunday qulay sharoitni Mohira opam uchun ularning umr yuldoshi Botirxon aka yaratib berganlarini men aniq bilaman.


Shahar miqyosidagi seminar va ochiq darslarga ular, albatta, ko‘maklashar edilar, bolalar uchun kichik-kichik she’rlar ham yozib berardilar. Yozgi ta’tillarni esa ular tug‘ilib o‘sgan O‘sh shahrida, Moskva, Leningrad yoki chet ellarda birgalikda o‘tkazar edilar. Botirxon aka chinakam jannati inson edilar. Endi bilsam, mohir ustoz Mohira opam mehmondo‘stlikni, shirinso‘zlikni, mehnatsevarlikni, fidoyilikni va hokazolarning barchasini turmush o‘rtog‘i Botirxon Akramovdan o‘rgangan ekanlar.


Domla ularning nafaqat turmush o‘rtog‘i, balki tom ma’nodagi Ustozi ham bo‘lgan ekanlar.

Tasodifiy fikrlar
Yo‘qotganda anglaymiz qadrin
Yodingiz yod aylab, kuyundim har dam, Ruhingiz shod aylab, ovundim, otam…Ajab… I...
Otajon
So‘z. So‘z deya so‘zning ortidan ketganEy, aziz mag‘rur bosh, qayda yotasan?Ul a...