Navoiy ixlosmandi
Baxtiyora Abdullayeva, Qo‘qon pedagogika institutining o‘qituvchisi

Men birinchi bor Botirxon akamni roppa-rossa 60-yil avval ko‘rganman. U paytda men 7 yashar kizcha edim. Hali-hali esimda, Mohira opamni Botirxon akamning uyiga uzatib borganmiz. Kuyovning go‘zalligini ko‘rgan ayollar hayratga tushganlar. Bu sahna xuddi «O‘tkan kunlar»dagi Otabek va Kumushga o‘xshardi, hamma havas bilan qaragan. Botirxon akam kelishgan, baland bo‘yli, ko‘zlari katta-katta, ayniqsa jilmayganda xudi Otabekning o‘zi edi.


To‘ylaridan avvalgi sahnalar biroz boshqacha bo‘lardi. Botirxon akamning qo‘lida atir gullar, derazamizning tagida har doim mo‘ltillab turardilar. Lekin Mohira opam oilamiz a’zolaridan uyalib, hadeb derazadan qarashga andisha qilar edilar.


Ammo muhabbat hamisha g‘olib deganlaridek, ular bir-birlarining visoliga yetishdilar, to‘rt farzandli bo‘ldilar. Botirxon akam hyech qachon o‘g‘il farzand yo‘qligidan o‘ksinmagan, aksincha, qizlari bilan faxrlangan. Ularning hammasini oliy ma’lumotli qilib o‘qitgan, yaxshi tarbiya bergan, halol mehnat bilan pul topishni o‘rgatgan.


Qator-qator tug‘ilgan nevaralariga o‘zlari tanlab chiroyli ismlar qo‘ydilar: Gulandom, Gulruxsor, Muzaffar, Lobar… va nihoyat Akramxon.


Qadimdan olim-u-ulamolar hayotni sahnaga o‘xshatganlar, insonlarni esa sahna asarining qahramonlari deb ataganlar. Hammamizning suyukli, sevimli, o‘ta iste’dodli qahramonimiz – Botirxon akamiz qalblarimizda ba’zan Otabek timsolida, ba’zan dilkash suhbatdosh sifatida va hamisha Navoiy ixlosmandi bo‘lib abadiy qoladi.

Tasodifiy fikrlar
Yo‘qotganda anglaymiz qadrin
Yodingiz yod aylab, kuyundim har dam, Ruhingiz shod aylab, ovundim, otam…Ajab… I...
Otajon
So‘z. So‘z deya so‘zning ortidan ketganEy, aziz mag‘rur bosh, qayda yotasan?Ul a...