Dili va tili bir
Yoqubjon Is’hoqov, filologiya fanlari nomzodi

Botirxon Akramov bilan biz ikkalamiz ham ulug‘ inson Hamid Sulaymonning shogirdlari bo‘lganmiz. Safarlarda birga bo‘ldik, bir oz muddat bir dargohda ishladik. Bu olim o‘z so‘zi va amali bir inson sifatida menda katta taassurot qoldirgan.


Botirxon Akramov Hamid Sulaymonga ikkinchi aspirant bo‘ldilar. Biz keyin 1964-yilda Sankt-Peterburgdagi Osiyo Xalqaro institutiga 12 kishi qo‘lyozmalarni qidirib, o‘rganib, tahlil qilishga borganmiz. 1968-yilda G‘ulom Karimov menga telefon qilib aytdilarki, “Shunaqa, Yoqubjon, siz Hamidjonning shogirdi ekansiz, endi bizga adabiyot tarixidan bitta yaxshi mutaxassis kerak. Ozod Sharafiddinov va Muhsinjon ham sizni tavsiya qilishdi”, – dedi. – Men o‘ylab ko‘ray, – dedim.

Keyin o‘zim G‘ulom Karimovga telefon qilib:

– Domla, ustozlar jindak xafa bo‘lyapti, – dedim.

Shunda G‘ulom Karimov:

– O‘zingizning ko‘nglingiz to‘ladigan biror odamni tavsiya qila olasizmi? – dedi.

Men:

– Botirxon Akramov – yosh, iqtidorli olim, shu kishini tavsiya qilaman, – dedim. Keyin Botirxon universitetga bordilar.

Men bu kishining xarakterini aytib bersam, emotsional, his-siyotli inson edilar. Shoirlik tabiati kuchli bo‘lib, madaniy mero-simizga nisbatan m-uhabbati yuqori edi.

Masalan, Sho‘ro davrida Ahmad Yassaviy haqida gapirilganda, albatta, qoralab, tanqid qilib o‘tish kerak edi. Uning ma’ruzalarida talabalar savol bergan: “Ahmad Yassaviy qanaqa shoir bo‘lgan, nima uchun biz ularni o‘tmaymiz, o‘rganmaymiz?” – deb. Botirxon savolga chiroyli javob qaytarganlar. Dasturdan chiqib ketganlar. Bu narsa ma’muriyatga yetib borgan. Uning ustiga universitetning to‘rtta talabasi “Toshkent oqshomi” gazetasiga savol bergan: “Ahmad Yassaviy haqida ma’lumot bersangiz”, – deb.

Toshkent Davlat universiteti talabalari nomidan qo‘yilgan bu savol darhol shov-shuv bo‘lib ketdi. Ana endi bu holatni tek-shirish, surishtirish ishlari boshlagandan keyin ma’lum bo‘ldiki, Botirxon Akramov Yassaviy haqida ijobiy ta’riflab dars o‘tar ekan. Shunda g‘alva boshlanib ketdi, nozik gaplar bo‘ldi, oqibatda Botirxonni universitetdan bo‘shatishdi. Bu kishi bir necha yil Politexnika institutida ishlab yurdilar.


Mustaqillik davridan keyin Botirxon yana universitetga qay-tib, o‘z faoliyatini davom ettirdi. Ana shunday oliyjanob, m-uhitga moslashmasdan vijdon amri bilan yashaydigan, to‘g‘riso‘z, fidoyi olim edilar. Hayotda unga tikilib tursangiz ko‘zlaridan butun bir tarixiy jarayonlarni his qilar edingiz. Bu domlaning ma’ruzalarini eshitgan talabalar nihoyatda mamnun bo‘lib yurardilar. Dili va tili, so‘zi va amali bir bo‘lgan, hyech qanday soxtalik bo‘lmagan.


Botirxon Akramov ko‘p she’riy mashqlar yozgan, ular chuqur falsafiy ma’noga ega. Navoiy “Xamsa”sining m-uqaddimalari bor-ku, x-uddi shunga o‘xshab, sharh bilan yozilgan.


Universitet dargohida ko‘rishib qolganimizda uzoq suhbatlashib, judayam bir huzur qilar edik…

Tasodifiy fikrlar
Yo‘qotganda anglaymiz qadrin
Yodingiz yod aylab, kuyundim har dam, Ruhingiz shod aylab, ovundim, otam…Ajab… I...
Otajon
So‘z. So‘z deya so‘zning ortidan ketganEy, aziz mag‘rur bosh, qayda yotasan?Ul a...